Implantatsiya
Implantatsiya — yo'qolgan tishni ildizidan tiklaydigan eng zamonaviy usul. Implant suyakka o'rnatiladi va tabiiy tish kabi xizmat qiladi.
Klinikamizda jarrohlik 3D KT asosida rejalashtiriladi: suyak hajmi, nerv joylashuvi va implant pozitsiyasi operatsiyadan oldin aniq hisoblanadi.
Zarur bo'lganda sinus-lifting va suyak tiklash amaliyotlari ham bajariladi.
- 3D KT asosida rejalashtirish
- Sinus-lifting va suyak tiklash
- Bir bosqichli va ikki bosqichli usullar
- Koronka bilan yakuniy tiklash